UZ Summer Promo

Foydalanish
shartlari

Veb-saytdan foydalanish shartlari

Quyida keltirilgan shartlar va qoidalar, shuningdek ushbu saytga (bundan buyon matnda "Sayt" deb yuritiladi) qo'llaniladigan har qanday qonun va qonun hujjatlari ushbu saytning barcha foydalanuvchilariga qo'llaniladi.

“The Coca-Cola Company” kompaniyasi (bundan buyon matnda — "Kompaniya") sizning o’yin-kulgi, axborot va "O'zbekistonda Yozgi Promo-aksiya 2020" yutuqli o'yini uchun ushbu Saytni yaratdi va unga xizmat ko’rsatadi. Saytni ishlatganda, siz jamoat yoki tijorat maqsadlarida Kompaniyaning yozma roziligisiz sayt tarkibini, shu jumladan matnlar, tasvirlar, audio va video materiallarni tarqatish, o'zgartirish, jo'natish, ijro etish, nashr qilish yoki boshqa tarzda ishlatmasligingiz kerak.

Saytga kirish va undan foydalanish ushbu foydalanish shartlari (bundan buyon matnda — "Foydalanish shartlari"), shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Saytga tashrif buyurib va undan foydalangan holda, siz ushbu Foydalanish shartlarini, shuningdek, Saytning maxfiylik siyosatini to’liq holatda hech qanday shartlar va istisnolarsiz qabul qilasiz.

Foydalanish shartlari

Mualliflik huquqi, shuningdek, saytga nisbatan boshqa intellektual mulk huquqlari, shu jumladan uning barcha tarkibi, barcha matnlar va tasvirlar (bundan buyon matnda - "Tarkib") Kompaniyaga tegishli. Tovar belgilari, logotiplar yoki xizmat ko'rsatish belgilari Kompaniyaning yoki boshqa muvofiq mualliflik huquqiga ega bo’lgan shaxslarning tovar belgilaridir. Ushbu Foydalanish shartlarida nazarda tutilgan istisnolarni hisobga olgan holda, Tarkibining istalgan qismidan Kompaniya yoki boshqa huquq egasining yozma roziligisiz foydalanish taqiqlanadi. Kompaniya mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini nazorat qiladi, ularning buzilishi qonun bilan jazolanadi.

Foydalanuvchilar tomonidan sayt orqali (ro'yxatdan o'tish shakli orqali), elektron pochta orqali yoki boshqa yo'l bilan yuborilgan shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan (masalan, ism, familiya, manzil, telefon raqami va elektron pochta manzili), Kompaniya e'lon qilingan Maxfiylik siyosatiga amal qiladi. Saytga yoki Sayt orqali yuborilgan boshqa barcha yozishmalar va materiallar, masalan, savollar, izohlar, takliflar va boshqalar shaxsiy ma'lumotlar deb hisoblanmaydi va Maxfiylik siyosatiga amal qilmaydi.

Kompaniya Saytdagi ma'lumot ishonchli va aktual bo’lishi uchun harakat qilmoqda, lekin Kompaniya Sayt tarkibida xatolar yoki kamchiliklar mavjud bo’lishi mumkinligini inkor eta olmaydi. Kompaniya Sayt tarkibidagi xatolar va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi.

Kompaniya, uning Affillangan shaxslari, uning agentliklari, va boshqalar Saytni yaratish, chiqarish va amalga oshirishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar Sayt foydalanuvchilari tomonidan Saytdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar yoki yo’qotishlar uchun javobgar bo'lmaydilar, bundan Sayt foydalanuvchilariga bunday zarar yoki yo’qotishlar Kompaniya, uning Affillangan shaxslari yoki Saytni yaratish, chiqarish va amalga oshirishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan o’z majburiyatlarini qasddan buzganligi sababli etkazilganligini sudda isbotlaydigan hollar bundan mustasno.

Ushbu Foydalanish shartlariga ko'ra, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning barcha belgilarini saqlab qolish sharti bilan shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanish uchun ushbu Saytda mavjud bo'lgan har qanday ma'lumotlarning bir (1) nusxasini bitta kompyuter orqali yuklab olishingiz va saqlashingiz mumkin. Siz Sayt tomonidan taqdim etilgan barcha xizmatlar yoki dasturiy ta'minotni yoki uning qismini ko'chirmaslik, replikatsiya qilmaslik, o'zgartirmaslik, ijaraga bermaslik, ijaraga olmaslik, qarzga olmaslik, sotmaslik, tarqatmaslik, moslashtirmaslik, tarjima qilmaslik, o'z ishlari uchun asos sifatida qabul qilmaslik (to'liq yoki qisman) yoki dekompilyatsiya qilmasligingiz shart, Kompaniya sizga yozma ravishda ruxsat bergan hollar bundan mustasno. Muayyan dasturiy ta'minotdan foydalanish oxirgi foydalanuvchi bilan litsenziya shartnomasi bilan tartibga solinadi, buning uchun sizdan yuqorida ko'rsatilgan dasturiy ta'minotdan foydalanishdan oldin Kompaniya bilan shartnoma tuzishingiz talab qilinadi.

Kompaniya Saytdan foydalanish yoki har qanday materiallarni yuklab olish sababli kompyuteringiz yoki boshqa mulkingizga ta’sir qilishi mumkin bo'lgan har qanday zarar yoki virus uchun javobgar emas va javobgar bo'lmaydi. SAYT VA SAYTDAGI BARCHA MATERIALLAR O'ZGARTIRILISHI MUMKIN VA FOYDALANUVCHILARGA MA'LUM BIR MAQSADGA MUVOFIQLIGINI KAFOLATLAMASDAN "BOR HOLATDA" TAQDIM ETILADI.

Kompaniya Saytda havolalari mavjud bo'lgan har qanday saytlarni nazorat qilmaydi va uchinchi shaxslarga tegishli yoki boshqariladigan saytlarning tarkibi, maxfiylik qoidalari va xavfsizligi uchun javobgar emas.

Saytdan huquqlarini buzuvchi, tahdid qiluvchi, haqoratlovchi, noto’g’ri, chalg’ituvchi, odobsiz, janjal qo'zg'ovchi, kufrona, tuhmatlovchi, pornografik materiallar yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi tomonidan jinoiy javobgarlik sifatida belgilanadigan yoki boshqa yo’l bilan qonunlarni buzadigan noto'g'ri xatti-harakatlar yoki ularni rag'batlantiradigan har qanday materiallarni joylashtirish yoki tarqatish uchun foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Kompaniya huquqni himoya qiluvchi idoralarga to'liq yordam beradi va faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bunday materiallarni joylashtirgan foydalanuvchining vakolatli davlat organlariga shaxsiy ma'lumotlarini xabardor qilishni buyurgan har qanday sud va ma'muriy qarorlarni bajaradi; Kompaniya bunday materiallarni Saytdan istalgan vaqtda olib tashlash huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ro'yxatdan o'tgan tovar belgilaridan Kompaniyaning yoki tovar belgisining tegishli huquqiy egasining oldindan yozma roziligisiz foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.

AQSh Eksport nazorati qonunlari ushbu Saytning dasturiy ta'minoti va boshqa materiallariga nisbatan qo’llanilishi mumkin. AQSh Eksport nazorati qonunlari muayyan texnik ma'lumotlar va dasturiy ta'minotni muayyan mamlakatlarga eksport qilishni taqiqlaydi. Ushbu Saytning dasturiy ta'minotini quyidagi mamlakatlarga yuklab olish yoki eksport qilish taqiqlanadi: (1) Kuba, Shimoliy Koreya, Eron, Sudan, Suriya (yoki ushbu mamlakatlarning fuqarolari yoki doimiy istiqomat qiluvchilari), shuningdek, AQSh embargo qo'ygan boshqa mamlakatlarga; (2) yoki AQSh Moliya vazirligining "Maxsus fuqarolar ro'yxati" da yoki AQSh Savdo vazirligining "Taqiqlangan jismoniy va yuridik shaxslar ro'yxati" da ko'rsatilgan har qanday shaxslar.

Kompaniya istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan yangilash orqali ushbu Foydalanish shartlariga o'zgartirishlar kiritishi mumkin. O’zgartirilgan hujjatlar sizning Saytdan foydalanishga tegishli bo'lganligi sababli, siz vaqti-vaqti bilan ushbu sahifaga tashrif buyurib, Foydalanish shartlarini o’qishingiz kerak.

Ushbu Sayt O'zbekiston Respublikasida yaratilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida joylashtirilgan. Ushbu Foydalanish shartlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Nizolar va qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda bunday nizolar va qarama-qarshiliklar O'zbekiston Respublikasi sudlarida hal qilinishi kerak.

Tovar belgilari

"Coca-Cola", "Coke", Kontur shishasi va Dinamik to'lqin "Coca-Cola" kompaniyasining ro'yxatdan o'tgan tovar belgilaridir.