UZ Summer Promo

Promo-aksiya
qoidalari

PROMO-AKSIYANING RASMIY QOIDALARI

 

"O'zbekistonda Yozgi Promo-aksiya 2020" Promo-aksiyasi (quyida - “Promo-aksiya”) O‘zbekiston, 100033, TOSHKENT, BEKTEMIR tumani, OLTINTOPGAN ko‘chasi, 40 manzilida joylashgan (quyida – “Tashkilotchi”) “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd” kompaniyasi tomonidan 2020-yil 01-iyuldan 2020-yil  09-oktyabrgacha(ikkala sanani o‘z ichiga olgan holda) O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.  1-BO‘LIM. PROMO-AKSIYADA QATNASHADIGAN MAHSULOTLAR  Promo-aksiyaning ishtirokchisiga (quyida – “Ishtirokchi”) aylanish uchun, maxsus sariq rang qopqoqlar (quyida – “Qopqoq(lar)”) bilan ishlab chiqarilgan 500 ml, 1 litr va 1,5 litr hajmdagi plastik idishli “Coca-Cola” Classic, “Coca-Cola” Shakarsiz va “Fanta” Apelsin mahsulotlarini (quyida – “Mahsulot(lar)”) harid qilish kerak. 

Qopqoqlar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Qopqoqlarning haqiqiyligi bilan bog'liq har qanday nizo yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchining qarori yakuniy hisoblanadi.

 

2-BO‘LIM. SOVRINLAR TAVSIFI 

Birinchi ishtirok:

Birinchi ishtirokda Ishtirokchilar 3 oy davomida 40 Millionta Yandex Plus obunasidan birini ("Yandex Music", "hd.kinopoisk.ru" onlayn-kino, 10GB Internet xotira va Yandex Taksi uchun 10% chegirma xizmatlarini o'z ichiga oladi) darhol yutib oladi.

 

 

Ikkinchi va keyingi ishtirok: Ikkinchi va keyingi ishtiroklarda Ishtirokchilar 10 ta har haftalik yutuqli o‘yinlarni birida ishtirok etib, quyidagi Sovrinlardan birini qo'lga kiritishlari mumkin: a) 100 ta Samsung Galaxy S20 mobil telefonlari b) 250 ta Sony Playstation 4  Yandex.Plus, Samsung Galaxy S20 Mobil telefonlari va Sony Playstation 4 bundan buyon matnda birgalikda "Sovrinlar" deb ataladi.

 

Diqqat!  Sovrinlarning umumiy soni ushbu 2-Bo‘limda belgilangan miqdorlar bilan cheklanadi. Sovrinlarning umumiy soni mazkur 2-Bo‘limida ko‘rsatilgan miqdordan oshib ketmasligi shart.  Sovrinlar Promo-aksiya Ishtirokchilarining shaxsiy istaklarini qondirmaganligi uchun Tashkilotchi javobgar emas. 

Hech qanday holatda Sovrin(lar) naqd pulga almashtirilmaydi.

 

 

3-BO‘LIM. SOVRINLARNI QANDAY YUTIB OLISH MUMKIN

 

3.1. 2020-yil 1 iyul – 2020-yil  09 oktyabr oralig‘ida Mahsulotni sotib oling va Qopqoq ostiga qarang. Qopqoq ostida tasodifiy noyob kodni topish mumkin (bundan buyon matnda – "Kod").

 

QOPQOQ OSTIDAGI KODNI PROMO.COCA-COLA.UZ SAYTI YOKI TELEGRAM ILOVASIDAGI @COCACOLAPROMOBOT ORQALI RO‘YXATDAN O‘TKAZING.

 

Kodni birinchi marta ro'yxatdan o'tkazishda Ishtirokchilar 3 oy davomida 40 Millionta Yandex Plus obunasidan birini ("Yandex Music" , "hd.kinopoisk.ru" onlayn-kino, 10GB Internet  xotira va Yandex Taksi uchun 10% chegirma xizmatlarini o'z ichiga oladi) darhol yutib oladi.

Diqqat! “Yandex Plus” xizmatlariga Promo-aksiya boshlanishidan oldin rasmiy obuna bo‘lganlar uchun Promo-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish va Yandex Plus”dan tezkor obunani yutib olish imkoniyati mavjud emas.

 

Kodni ikkinchi va keyingi ro'yxatdan o'tkazishda Ishtirokchilar 100 ta Samsung Galaxy S20 mobil telefonlari yoki 250 ta Sony Playstation 4 sovrinlaridan birini quyidagi sanalarda tashkil etiladigan 10 haftalik yutuqli o‘yinlarning birida ishtirok etish orqali yutib olishlari mumkin: 2020-yil 07-avgust, 2020-yil 14-avgust, 2020-yil 21-avgust, 2020-yil 28-avgust, 2020-yil 04- sentyabr, 2020-yil 11-sentyabr, 2020-yil 18-sentyabr,  2020-yil 25-sentyabr, 2020-yil 08-oktyabr va 2020-yil 09-oktyabr.

 

3.2 Promo-aksiyada ishtirok etish Promo-aksiyaning birinchi ishtirokchilari uchun oxirgi lotereyadan keyin 2020-yil 09- oktyabrgacha amal qiladi.

 

3.3 Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali Ishtirokchi Promo-aksiyada ishtirok etish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va ushbu Qoidalarning barcha bandlariga avtomatik tarzda amal qiladi.

 

3.4  G‘olib Ishtirokchilar Sovrinlari Tashkilotchi tomonidan ularning manzillariga yetkazib beriladi.

 

3.5 Tashkilotchi yoki uning vakolatli vakillari quyidagi huquqlarni saqlab qoladilar: a) (i) Promo-aksiyada ishtirok etuvchi Mahsulotni ushbu Promo-aksiya davomida sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatni (matnda bundan buyon - "Isbotlovchi hujjatlar") almashish uchun taqdim etilgan Qopqoqlar sonidan kam bo'lmagan miqdorda, (ii) Sovrin(lar)ni olish istagidagi xamma va har bir Ishtirokchi(lar)ning, agar Ishtirokchi 18 yoshga to’lmagan bo’lsa, ushbu shaxsning qonuniy vakillarining (O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan holatlarda), xususan, ota-onasining va hokazolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim etilishini so’rab olish; b)Tashkilotchi tomonidan Isbotlovchi hujjatlar va ushbu bo’limda keltirilgan boshqa hujjatlarni talab qilgan taqdirda hujjatlarni taqdim eta olmaydigan har qanday Ishtirokchiga Sovrin(lar)ni berishni rad etish. 

 

3.6. IshtirokchilarPromo-aksiyada qatnashib va/yoki Sovrinlar yutib  olgan taqdirda, ular tomonidan sarflanadigan har qanday xarajatlar va chiqimlar uchun Tashkilotchi javobgar bo'lmaydi.

 

MUHIM IZOH!

 

PROMO-AKSIYA DAVOMIDA TASHKILOTCHI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN SOVRINLARNI  HECH QANDAY HOLATDA SOTISH YOKI OLIB SOTISH MUMKIN EMAS. USHBU SHARTGA ZID KELADIGAN HAR QANDAY SOTUVLAR, “THE COCA-COLA COMPANY” KOMPANIYASIGA TEGISHLI BO'LGAN TOVAR BELGILARIDAN RUXSATSIZ FOYDALANISH DEB HISOBLANADI, VA KOMPANIYA O‘Z HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA NOQONUNIY HARAKATLARNI TO‘XTATISH UCHUN U ZARUR DEB TOPGAN HAR QANDAY QONUNIY CHORANI KO'RISH HUQUQIGA EGA.     

4-BO‘LIM. MAZKUR PROMO-AKSIYADA QATNASHISH HUQUQI

 

4.1 “The Coca-Cola Company” kompaniyasi, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd” filiallari, affillangan shaxslari va aloqador kompaniyalari, ularning O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi, ishtirok etuvchi distribyutorlar yoki Promo-aksiyasi markaz(lar)i (agar mavjud bo'lsa) xodimlari, shuningdek yuqorida ko'rsatilgan har qanday kishining yaqin oila a'zolaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi 14 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha shaxslar ushbu Promo-aksiyada qatnashish huquqiga ega.

 

MUHIM IZOH: 18 YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSLAR  O‘Z YUTUG‘IGA QONUNIY VAKILLARINING  RUHSATIORQALI  EGA BO‘LISHLARI MUMKIN.

 

4.2.Sovrinni olish uchun murojaat qilgan ishtirokchi 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, u holda Tashkilotchi yoki uning vakolatli vakillari murojaatchining qonuniy vakillaridan birini shaxsan chaqirtirishni talab etish huquqiga ega.

 

4.3. Tashkilotchi har qanday Ishtirokchidan o'zining yoshini tasdiqlaydigan hujjatlarini talab qilish (lekin majbur emas) huquqiga ega va mazkur Rasmiy Qoidalarning 4-Bo‘limidagi 4.1-bandida belgilangan yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga Sovrin(lar)ni berishni rad etish huquqini saqlab qoladi.

 

5-BO‘LIM. TALABLAR VA QOPQOQLAR

 

5.1. Samsung Galaxy S20 mobil telefonlari va Sony Playstation 4 sovrinlari faqatgina Tashkilotchiga haqiqiy Qopqoq va mahsulotni sotib olganligini tasdiqlovchi kvitansiyalarni taqdim etgan Ishtirokchilarga beriladi.

 

5.2. Tashkilotchi bir yoki bir necha maxfiy belgilarni va/yoki maxfiy Kodni va/yoki raqamlarni va/yoki harflarni (bundan keyin birgalikda "Yashirin Kod(lar)" deb ataladigan) bosmadan chiqarish, shtamplash va joylashtirish huquqini saqlab qoladi, ular Ishtirokchi tomonidan taqdim etilganda Tashkilotchi tomonidan har qanday Qopqoq haqiqiy yoki haqiqiy emasligi aniqlanadi. Har qanday nizo yuzaga kelgan holda Tashkilotchi Rasmiy qoidalarda belgilangan talablar bildirishning ohirgi kunigacha Yashirin Kod(lar)ni oshkor qilmaslik huquqini saqlab qoladi.

Promo-aksiyada ishtirok etgan holda, Ishtirokchi Tashkilotchining yuqorida ko‘rsatilgan huquqlariga hech qanday e’tiroz bildira olmasliklarini tasdiqlaydilar.

 

5.3. Tashkilotchining fikriga ko'ra, agar Qopqoq qandaydir buzilishlar yoki o'zgarishlarga duch kelgan bo'lsa, soxta, zarar yetkazilgan, tirnalgan, yuvilgan va/yoki kir yoki bo'yalgan yoki bosma, tipologik yoki boshqa xatoliklar bo'lsa, noqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritilgan yoki boshqa yo’l bilan Promo-aksiya shartlari va qoidalariga zid bo‘lsa, Qopqoqni yaroqsiz deb hisoblash huquqini o’zida saqlab qoladi. Tashkilotchi yaroqsiz Qopqoqlar bilan bog‘liq har qanday talablarni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.Yashirin Kod(lar) mavjud bo'lgan Qopqoqlar almashinuvi talab qilinadigan har qanday yaroqsiz Qopqoqlar haqiqiyligiga oid nizolar paydo bo‘lsa yuqorida ko'rsatilgan Rasmiy Qoidalarda qayd etilgan Yashirin Kodlar tizimiga asoslangan holda Tashkilotchining qarori yakuniy hisoblanadi.

 

5.4 Tashkilotchi Qopqoq(lar)ning egaligiga taalluqli har qanday nizolar bilan bog'liq bo‘lgan hech qanday javobgarlikni olmaydi. Qopqoq ostidagi kodni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs uning haqiqiy egasi hisoblanadi.

 

5.5. Tashkilotchi Qopqoqlar yaroqsiz yoki rad etilganligi to‘g‘risida hech qanday yozma izoh yoki tushuntirish berish majburiyatiga ega emas.

 

6- BO'LIM. G‘OLIB(LAR)NING ROZILIGI

 

Sovrinlar taqdimoti ommaviy tadbir sifatida, ommaviy axborot vositasi, audio yozuv, foto va video tasvirlarni jalb qilish orqali tashkil etilishi mumkin. Ishtirokchi(lar) ushbu Promo-aksiyada ishtirok etish(lar)i bilan, agar u(lar) Go‘lib bo'lsa, ularning ismi, manzili va foto/video suratlari va audio yozuvlari ommalashtirilib, ularning ovozlari, fotosuratlari hamda video materiallari ommaga Tashkilotchi tomonidan hech qanday tovon pulisiz taqdim etilishiga rozilik bildiradi(lar). Tashkilotchi yuqorida aytib o'tilgan ommaviy tadbirning taqdimoti tashkil etilganda va unga tegishli rozilikni olgan taqdirda, ushbu haqida Ishtirokchi(lar)ning hamrohlariga xabar qiladi.

 

Sovrinlarni olish uchun murojaat qilgan har bir Ishtirokchi uning ismi, manzili, telefon raqami va fotosuratlari/video va audio yozuvlarini Tashkilotchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra har qanday shaklda jamoatchilikka taqdim etilishi mumkinligiga rozilik bildiradi va, shu bilan birga, Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchilardan qo'shimcha rozilik yoki ruxsatnomalar olmasdan, Ishtirokchilarga hech qanday tovon puli to'lamasdan va ularni keyinchalik xabardor qilmasdan har qanday audio, foto va video materiallardan foydalanishlari mumkin.

 

7- BO‘LIM. XARAJATLAR VA SOLIQLAR

 

Sovrinlarni talab qilish bilan bog'liq jismoniy shaxslarning daromad solig'i yoki boshqa har qanday to'lovlar, agar kerak bo‘lsa, Ishtirokchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq to'lab beriladi.

 

8-BO‘LIM. PROMO-AKSIYANING BEKOR QILISHI VA O‘ZGARISHI

 

Tashkilotchi ushbu Promo-aksiyani O`zbekiston Respublikasining hududida yoki Tashkilotchi tanlagan har qanday belgilangan hududda va/yoki aholi punktida (shahar, qishloq va boshqalar) qisman yoki to‘liq bekor qilish, uni to‘xtatish, yangilanish yoki davom ettirish, shuningdek mazkur Rasmiy Qoidalarga o‘zi maqsadga muvofiq deb topgan o‘zgartirishlarni istalgan paytda kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

 

Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘zi tanlagan milliy gazetada yoki Veb-saytda e’lon berish (“E’lon”) yo‘li bilan shunday o‘zgarishlar kiritilgani haqida Ishtirokchilarni xabardor qilish huquqiga ega. Promo-aksiya va mazkur Rasmiy Qoidalar bekor qilingani, to‘xtatilgani, yangilanish yoki o‘zgartirilgani haqida iste’molchilarni xabardor qilish uchun shunday E’lonni chop etishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

 

 

9-BO‘LIM. “THE COCA-COLA COMPANY” SAVDO BELGILARI

 

Hech qanday rasmiy qoidalarIshtirokchiga biror-bir egalik huquqi taqdim etiladi yoki u yuqorida ko‘rsatilgan “The Coca-Cola Company” savdo belgilaridan foydalanish asosida daromad oladi deya talqin qilinmasligi kerak. Promo-aksiyaga taalluqli bo‘lmagan boshqa har qanday maqsadlarda (“The Coca-Cola Company”ning oldindan beradigan yozma roziligisiz) “The Coca-Cola Company” va Tashkilotchining nomi, logotipi, savdo belgilari yoki mualliflik huquqlaridan foydalanish yoki ularni eslatib o‘tish na Rasmiy qoidalarda, na Promo-aksiyada qatnashuvchi Ishtirokchi(lar)ga marketing yoki reklama maqsadlarida foydalanish huquqini bermaydi. Ishtirokchi “The Coca-Cola Company” savdo belgilarining va “The Coca-Cola Company” ga bo‘lgan mulk huquqining haqiqiyligini tan oladi va uni hech qachon shubha ostiga qo‘ymaydi.

 

Ishtirokchi “The Coca-Cola Company” savdo belgisiga bo‘lgan huquqlarga doir Rasmiy qoidalar bandlarini buzgan taqdirda, boshqa har qanday hududda faoliyat ko‘rsatuvchi, “The Coca-Cola Company” savdo belgilariga ega Tashkilotchi va/yoki “The Coca-Cola Company” va/yoki boshqa vakolatli ishlab chiqaruvchi va/yoki tovarlar distribyutori yuqorida ko‘rsatilgan qoidabuzarlik munosabati bilan ko‘rgan barcha zararni qoplashni Ishtirokchidan talab qilishi, Ishtirokchi esa Tashkilotchining birinchi talabi bilan ularni qoplashi zarur.

 

Mazkur 9-Bo‘lim Promo-aksiyaning muddati tugagandan keyin ham amal qiladi.

 

10-BO‘LIM. ISHTIROKCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI TO‘PLASH VA QAYTA ISHLASH UCHUN ROZILIK

 

Promo-aksiyaga ro‘yhatdan o‘tish orqali Shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish bilan birga siz Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasiga, uning sho`’ba tashkilotlariga va boshqa affilangan shaxslari (bundan buyon matnda birgalikda "Affilangan shaxslar" deb ataladi), shuningdek, Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va Affilangan shaxslar uchun ma'lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan uchinchi shaxslarga, shuningdek, ushbu Promo-aksiya bilan bog'liq xizmatlarni taqdim etadigan uchinchi shaxslarga, Shaxsiy ma'lumotlaringizni quyidagi tarzda  yig’ish, ishlov berish va uzatishga rozilik berasiz.

 

Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va uning Affillangan shaxslari va uchinchi shaxslar Ishtirokchining Shaxsiy ma'lumotlarini yig’ish, saqlash, tasniflash, to’g‘irlash, o'zgartirish, foydalanish, egasizlantirish, O‘zbekiston Respublikasi yoki chet el rezidenti uchinchi shaxslarga uzatish orqali, Promo-aksiyani o'tkazish uchun bloklash, shu jumladan g'oliblarni tanlash va g'oliblarni va Promo-aksiyaning boshqa ishtirokchilarni yutuq haqida xabardor qilish yoki tadbirlar haqida sizni xabardor qilish, takliflaringiz va shikoyatlaringizni ro'yxatga olish, siz uchun yaxshi xizmat standartlarini o’rnatish, savdo va biznes strategiyalarini aniqlash va amalga oshirish va sizga tadqiqot, axborot, marketing va yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda, imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etish maqsadida ishlatishi mumkin

 

Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va uning Affilangan shaxslari Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga sotish yoki ijaraga berish niyati yo‘q.

 

11-BO‘LIM. PROMO-AKSIYA SHARTLARI

 

Mazkur Promo-aksiyaning Rasmiy Qoidalarini Veb-saytda topish mumkin.

 

Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun (78) 120-50-90, (+99871) 120-50-91 raqamlariga qo'ng'iroq qiling (yoki Veb-saytga kiring).

 

MAZKUR PROMO-AKSIYADA QATNASHGAN  HOLDA, BARCHA ISHTIROKCHILAR AVTOMATIK TARZDA MAZKUR PROMO-AKSIYANING RASMIY QOIDALARI MATNINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQQANINI VA ULARNI TUSHUNGANINI TAN OLADILAR HAMDA  HECH QANDAY  CHEKLOVLARSIZ VA ISTISNOLARSIZ PROMO-AKSIYANING RASMIY QOIDALARIGA AMAL QILISHGA ROZI BO‘LADILAR.

 

“COCA-COLA”, “COKE”, “COCA-COLA ZERO”, “COKE ZERO”, Konturli shisha idish va Dinamik To‘lqin- “The Coca-Cola Company” kompaniyasining ro'yxatdan o'tgan savdo belgilari hisoblanadi.