PROMO-AKSIYANING RASMIY QOIDALARI




«Summer Music Promo» Promo-aksiyasi (quyida - “Promo-aksiya”) O‘zbekiston, 100033, TOSHKENT, BEKTEMIR tumani, OLTINTOPGAN ko‘chasi, 40 manzilida joylashgan (quyida – “Tashkilotchi”) “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd” kompaniyasi tomonidan 2021-yil 01-avgustdan 2021-yil 30-sentyabrgacha(ikkala sanani o‘z ichiga olgan holda) O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Ushbu Promo-aksiyaning asosiy maqsadi [musiqaga ishtiyoq orqali iste'molchilar e'tiborini mahsulotlarga jalb qilish]


1-BO‘LIM. PROMO-AKSIYASIDA QATNASHADIGAN MAHSULOTLAR

1.1. Promo-aksiyaning ishtirokchisiga (quyida – “Ishtirokchi”) aylanish uchun, maxsus qopqoqlar (quyida – “Qopqoq(lar)”) bilan ishlab chiqarilgan 250 ml hajmdagi shisha idishli “Coca-Cola Classic”, “Fanta” va “Sprite”, 500 ml hajmdagi plastik idishli “Coca-Cola Classic”, “Coca-Cola Shakarsiz” va “Fanta” mahsulotlarini (quyida – “Mahsulot(lar)”) xarid qilish kerak.


2-BO‘LIM. SOVRINLAR TAVSIFI

2.1. Ishtirokchilar quyidagi sovrinlarni yutib olishlari mumkin:

      1. Yandex Plus obunalaridan quyidagi turlaridan biri:
      - 3 oylik 49 998 500 bepul Yandex Plus obunalaridan biri;
      - 6 oylik 1 000 bepul Yandex Plus obunalaridan biri;
      - 12 oylik 500 bepul Yandex Plus obunalaridan biri.
      2. 1 750 dona Quloqchilardan biri.
      3. 1 750 dona Ovozli Karnaylardan biri.
      4. 5 GB hajmdagi 55 000 Mobil trafikdan biri.

      Yandex.Plus obunalar, Quloqchilar, Ovozli Karnaylar, Mobil trafik bundan buyon matnda birgalikda “Sovrinlar” deb ataladi.


2.2. Diqqat! Sovrinlarning umumiy soni ushbu 2-Bo’limda belgilangan miqdorlar bilan cheklanadi. Sovrinlarning umumiy soni mazkur 2-Bo’limida ko’rsatilgan miqdordan oshib ketmasligi shart.

2.3. Sovrinlar Promo-aksiya Ishtirokchilarining shaxsiy istaklarini qondirmaganligi uchun Tashkilotchi javobgar emas.

2.4. Hech qanday holatda Sovrin(lar) ularning bahosi miqdoridagi naqd pul bilan almashtirilmaydi.


3-BO‘LIM. SOVRINLARNI QANDAY YUTIB OLISH MUMKIN

3.1. 2020-yil 1 avgust – 2020-yil 30 sentyabr oralig‘ida Mahsulotni sotib oling va Qopqoq ostiga qarang. Qopqoq ostida tasodifiy noyob kodni topish mumkin (bundan buyon matnda – "Kod").

3.2. Qopqoq ostidagi kodni PROMO.COCA-COLA.UZ veb-sayti (promo-saytga olib boruvchi QR kod) (“veb-sayt”) orqali ro‘yxatdan o‘tkazing yoki 5580 raqamiga sms (kod ism familiya) yuboring (SMS yuborish to‘lovi 100 so‘m QQS bilan). SMS-xabarlar quyidagi uyali aloqa operatorlari tarmog‘iga ulangan abonent qurilmalaridan 3.1 punktda qo‘rsatilgan sanalar mobaynida yuboriladi: Beeline, Ucell, MobiUz, Uzmobile, Perfectum. (Misol: A1B23456 Ism Familiya)

3.3. Sizning yutuqlaringiz haqida sizga Veb-saytagi va/yoki SMS orqali tezkor xabar beriladi.

3.4. Har bir ro‘yxatdan o‘tgan kod 2.1 punktda ko‘rsatilgan kafolatgan Sovrinlardan birini taqdim etadi.

3.5. Har bir ishtirokchining maxsus kodni ro‘yxatdan o‘tkazishi kunlik 6 martadan ortiq emas.

3.6. G‘oliblar ro‘yxati Promo aksiya tashkilotchisining www.promo.coca-cola.uz Veb-saytida joylashtirib boriladi.

3.7. Yandex Plus obuna kodini plus.yandex.uz/gift veb-saytda faollashtirishingiz mumkin. Siz Yandex Plus-ga obuna bo‘lish shartlari bilan quyidagi havola orqali https://music.yandex.ru/gift tanishishingiz mumkin. Yandex Plus ga obuna bo‘lish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions/

3.8. Shuni yodda tutingki, Yandex Plus obunasining 90, 180 yoki 365 kunligi bepul. Yandex Plus ga 90 kunlik bepul obuna muddati yakunlanishi bilan obuna avtomatik ravishda uzaytiriladi va bahosi oyiga 15 999 so‘mni tashkil etadi. Muddati 180 va 365 kun bo‘lgan Yandex Plus obunasining avtomatik uzaytirilishi ko‘zda tutilmagan. Yandex Plus obunasini 90, 180 yoki 365 kunga faollashtirish uchun g‘olib Ishtirokchining bank kartasi ma’lumotlarini ko‘rsatishingiz kerak. Obuna uzaytirilishidan uch kun oldin, Yandex Foydalanuvchining bank kartasidan pul yechilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.Obunani avtomatik uzaytirilishi obunachi talabiga binoan bekor qilinishi mumkin.

3.9. Yandex Plus obunalarini faollashtirish muddati faqat Yandex Plus obunasiga ega bo‘lmagan yangi foydalanuvchilar uchun 31.10.2021 yilgacha amal qiladi.

3.10. Bundan tashqari, Siz Yandex Plusda Ozen Label-ning ekslyuziv treklarini tinglash imkoniga ega bo‘lasiz.

3.11. Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali Ishtirokchi Promo-aksiyada ishtirok etish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va ushbu Rasmiy Qoidalar (bundan buyon matnda – “Rasmiy Qoidalar” yoki “Qoidalar”) bilan tanishib, barcha bandlariga avtomatik tarzda amal qilishga rozilik bildirgan hisoblanadi.

3.12. G‘olib Ishtirokchilar Sovrinlari Tashkilotchi yoki uning vakolatli vakillari tomonidan yutuq aniqlanganidan so‘ng ikki hafta mobaynida yetkazib beriladi.

3.13. Ishtirokchilar Promo-aksiyada qatnashib va/yoki Sovrinlar yutib olgan taqdirda, ular tomonidan sarflanadigan har qanday xarajatlar va chiqimlar uchun Tashkilotchi javobgar bo'lmaydi.

3.14. MUHIM IZOH!
PROMO-AKSIYA DAVOMIDA TASHKILOTCHI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN SOVRINLARNI HECH QANDAY HOLATDA SOTISH YOKI OLIB SOTISH MUMKIN EMAS. USHBU SHARTGA ZID KELADIGAN HAR QANDAY SOTUVLAR, “THE COCA-COLA COMPANY” KOMPANIYASIGA TEGISHLI BO'LGAN TOVAR BELGILARIDAN RUXSATSIZ FOYDALANISH DEB HISOBLANADI, VA KOMPANIYA O‘Z HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA NOQONUNIY HARAKATLARNI TO‘XTATISH UCHUN U ZARUR DEB TOPGAN HAR QANDAY QONUNIY CHORANI KO'RISH HUQUQIGA EGA.


4-BO‘LIM. MAZKUR PROMO-AKSIYADA QATNASHISH HUQUQI 4.1 “The Coca-Cola Company” Kompaniyasi, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd.” filiallari, affillangan shaxslari va aloqador kompaniyalari, ularning O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi, ishtirok etuvchi distribyutorlar yoki Promo-aksiya markaz(lar)i (agar mavjud bo‘lsa) xodimlari, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan har qanday shaxsning yaqin oila a'zolaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi 14 yoshdan yuqori bo‘lgan barcha shaxslar ushbu Promo-aksiyada qatnashish huquqiga ega.

4.2. MUHIM IZOH: 16 YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSLAR O‘Z YUTUG‘IGA VOYAGA ETGAN YAQIN KARINDOSHI YOKI VASIYLARI RUXSATI VA G‘OLIBNING TUG‘ILGANLIK TO‘GRISIDAGI GUVOXNOMA VA YUQORIDA KO‘RSATIB O‘TILGAB SHAXSLARNING PASRORT NUSXALARINI TOPSHIRISH ORQALI EGA BO‘LISHLARI MUMKIN.

4.3. Tashkilotchi har qanday Ishtirokchidan o'zining yoshini tasdiqlaydigan hujjatlarini talab qilish (lekin majbur emas) huquqiga ega va mazkur Rasmiy Qoidalarning 4-Bo‘limidagi 4.1-bandida belgilangan yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga Sovrin(lar)ni berishni rad etish huquqini saqlab qoladi.


5-BO’LIM. TALABLAR VA QOPQOQLAR

5.1. Sovrinlar faqatgina Tashkilotchiga haqiqiy Qopqoq va mahsulotni sotib olganligini tasdiqlovchi to’lov hujjatlarini taqdim etgan Ishtirokchilarga beriladi.

5.2. Tashkilotchi bir yoki bir necha maxfiy belgilarni va/yoki maxfiy Kodni va/yoki raqamlarni va/yoki harflarni (bundan keyin birgalikda "Yashirin Kod(lar)" deb ataladigan) bosmadan chiqarish, shtamplash va joylashtirish huquqini saqlab qoladi, ular Ishtirokchi tomonidan taqdim etilganda Tashkilotchi tomonidan har qanday Qopqoq haqiqiy yoki haqiqiy emasligi aniqlanadi. Har qanday nizo yuzaga kelgan holda, Tashkilotchi Rasmiy qoidalarda belgilangan talablar bildirishning oxirgi kunigacha Yashirin Kod(lar)ni oshkor qilmaslik huquqini saqlab qoladi. Promo-aksiyada ishtirok etgan holda, Ishtirokchi Tashkilotchining yuqorida ko‘rsatilgan huquqlariga hech qanday e’tiroz bildira olmasliklarini tasdiqlaydilar.

5.3. 5.3. Sovrinlarni qabul qilib olishda g‘olib sovrinlarni topshirishga mas’ul bo‘lgan IT-kompaniyaning vakiliga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
      - pasport nusxasi
      - sovrinni qabul qilib olish dalolatnomasini to‘ldirish va imzolash
      - O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 387-moddasiga asosan amaldagi Qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy daromad solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi tilxatni to‘ldirish va imzolash.



6- BO'LIM. XARAJATLAR VA SOLIQLAR

6.1. Sovrinlarni talab qilish bilan bog'liq jismoniy shaxslarning daromad solig'i yoki boshqa har qanday to’lovlar, agar kerak bo’lsa, Ishtirokchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq to’lab beriladi.




7- BO‘LIM. PROMO-AKSIYANING BEKOR QILISHI VA O‘ZGARISHI

7.1. Tashkilotchi ushbu Promo-aksiyani O’zbekiston Respublikasining hududida yoki Tashkilotchi tanlagan har qanday belgilangan hududda va/yoki aholi punktida (shahar, qishloq va boshqalar) qisman yoki to‘liq bekor qilish, uni to‘xtatish, yangilanish yoki davom ettirish, shuningdek mazkur Rasmiy Qoidalarga o‘zi maqsadga muvofiq deb topgan o‘zgartirishlarni har qanday paytda kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

7.2. Tashkilotchi o’z xohishiga ko‘ra o‘zi tanlagan mahalliy gazetada yoki Veb-saytda e’lon berish (“E’lon”) yo‘li bilan shunday o‘zgarishlar kiritilgani haqida Ishtirokchilarni xabardor qilish huquqiga ega. Promo-aksiya va mazkur Rasmiy Qoidalar bekor qilingani, to‘xtatilgani, yangilanish yoki o‘zgartirilgani haqida iste’molchilarni xabardor qilish uchun shunday E’lonni chop etishning o‘zi yetarli bo‘ladi.


8-BO‘LIM. “THE COCA-COLA COMPANY” SAVDO BELGILARI

8.1. Hech qanday rasmiy qoidalar Ishtirokchiga biror-bir egalik huquqi taqdim etiladi yoki u yuqorida ko‘rsatilgan “The Coca-Cola Company” savdo belgilaridan foydalanish asosida daromad oladi deya talqin qilinmasligi kerak. Promo-aksiyaga taalluqli bo‘lmagan boshqa har qanday maqsadlarda (“The Coca-Cola Company”ning oldindan beradigan yozma roziligisiz) “The Coca-Cola Company” va Tashkilotchining nomi, logotipi, savdo belgilari yoki mualliflik huquqlaridan foydalanish yoki ularni eslatib o‘tish na Rasmiy qoidalarda, na Promo-aksiyada qatnashuvchi Ishtirokchi(lar)ga marketing yoki reklama maqsadlarida foydalanish huquqini bermaydi. Ishtirokchi “The Coca-Cola Company” savdo belgilarining va “The Coca-Cola Company” ga bo‘lgan mulk huquqining haqiqiyligini tan oladi va uni hech qachon shubha ostiga qo‘ymaydi.

8.2. Ishtirokchi “The Coca-Cola Company” savdo belgisiga bo‘lgan huquqlarga doir Rasmiy qoidalar bandlarini buzgan taqdirda, boshqa har qanday hududda faoliyat ko‘rsatuvchi, “The Coca-Cola Company” savdo belgilariga ega Tashkilotchi va/yoki “The Coca-Cola Company” va/yoki boshqa vakolatli ishlab chiqaruvchi va/yoki tovarlar distribyutori yuqorida ko‘rsatilgan qoidabuzarlik munosabati bilan ko‘rgan barcha zararni qoplashni Ishtirokchidan talab qilishi, Ishtirokchi esa Tashkilotchining birinchi talabi bilan ularni qoplashi zarur.

8.3. Mazkur 8-Bo‘lim Promo-aksiyaning muddati tugaganidan so’ng ham amal qiladi.


9-BO‘LIM. ISHTIROKCHILARNING SHAXSIY MA’LUMOTLARINI QAYTA ISHLASH

9.1. Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” ishtirok etish bosqichida Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘maydi. Ushbu Ishtirokchilarning Aksiyada ro‘yxatdan o‘tish uchun kiritilgan barcha shaxsiy ma’lumotlari shifrlangan. Biroq, "Level Up Solutions" MChJ ro‘yxatdan o‘tkazish va sovrinlarni etkazib berish uchun g‘oliblarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanadi.


10-BO’LIM. PROMO-AKSIYA SHARTLARI

10.1. Mazkur Promo-aksiyaning Rasmiy Qoidalarini PROMO.COCA-COLA.UZ Veb-saytda topish mumkin.

10.2. Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun (78) 888 55 80 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling (yoki Veb-saytga kiring).

10.3. MAZKUR PROMO-AKSIYADA QATNASHGAN HOLDA, BARCHA ISHTIROKCHILAR AVTOMATIK TARZDA MAZKUR PROMO-AKSIYANING RASMIY QOIDALARI MATNINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQQANINI VA ULARNI TUSHUNGANINI TAN OLADILAR HAMDA HECH QANDAY CHEKLOVLARSIZ VA ISTISNOLARSIZ PROMO-AKSIYANING RASMIY QOIDALARIGA AMAL QILISHGA ROZI BO‘LADILAR.

10.4. “COCA-COLA”, “COKE”, “COCA-COLA ZERO”, “COKE ZERO”, Konturli shisha idish va Dinamik To‘lqin- “The Coca-Cola Company” kompaniyasining ro'yxatdan o'tgan savdo belgilari hisoblanadi.