Veb-sayt maxfiylik siyosati


1. Umumiy qoidalar

The Coca-Cola Company kompaniyasi (“Kompaniya”) Kompaniyaning Internet-saytlariga (“Saytlar”) tashrif buyuruvchilarning har biridan olingan shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan maxfiylik siyosatiga amal qiladi. Mazkur Maxfiylik toʻgʻrisidagi Nizom Kompaniyaning Saytlar orqali, shu jumladan sayti orqali qanday shaxsiy maʼlumotlarni olishini va Kompaniya tashrif buyuruvchilarning shaxsiy maʼlumotlaridan qay tarzda foydalanishi mumkinligini belgilab beradi.


2. Shaxsiy ma’lumotlar

Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra shaxsiy maʼlumotlar deb hisoblangan maʼlumotlarni, masalan, familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi, tugʻilgan yilingiz, oyingiz, kuningiz va tugʻilgan joyingiz, jinsingiz, millatingiz, manzilingiz, oilaviy holatingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz va boshqa maʼlumotlaringizni (“Shaxsiy maʼlumotlar”) Kompaniyaga tegishli Saytlar orqali yigʻish niyatida emas, biroq Shaxsiy maʼlumotlar siz tomoninigizdan ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi holati bundan mustasno. Agar siz oʻz Shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishini xohlamasangiz, iltimos, ularni taqdim etmang.


3. Shaxsiy ma'lumotlarni ishlatish

“Coca-Cola bilan oʻz ritmingni kashf et” (keyingi oʻrinlarda “Aksiya” deb yuritiladi) aksiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish orqali, Siz Kompaniyaga, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi shoʻba korxonalariga va vakolatli bottleriga (keyingi oʻrinlarda birgalikda “Vakolatli shaxslar” deb yuritiladi), shuningdek Kompaniya va uning Vakolatli shaxslari uchun maʼlumotlarni saqlaydigan va qayta ishlaydigan uchinchi shaxslarga, hamda “Coca-Cola bilan oʻz ritmingni kashf et” aksiyasi bilan bogʻliq xizmatlarni taqdim etuvchi uchinchi shaxslarga, quyidagi tarzda oʻz Shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻplash, qayta ishlash va uzatishga ruxsat bersiz.

Kompaniya va uning Vakolatli shaxslari va uchinchi shaxslar Ishtirokchining Shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish, saqlash, tasniflash, tuzatish, oʻzgartirish, ulardan foydalanish, shaxssizlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlatlar rezidentlari boʻlgan uchinchi shaxslarga uzatish “Coca-Cola bilan oʻz ritmingni kashf et” aksiyasini oʻtkazish, jumladan gʻoliblarni tanlash va gʻoliblar va Aksiyaning boshqa ishtirokchilariga yutuqlar toʻgʻrisida xabar berish maqsadida yoki sizga kampaniyalar toʻgʻrisida xabar berish maqsadida bloklash, sizning taklif va shikoyatlaringizni roʻyxatga olish, siz uchun yanada sifatliroq xizmat koʻrsatish standartlarini oʻrnatish, tijorat va biznes-strategiyalarni aniqlash va joriy etish va sizga tadqiqotlar xizmatlari, soʻrovnomalar, maʼlumotlar, marketing xizmatlari va yana bir qator imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etish orqali qayta ishlashi mumkin.

Kompaniya sizning Shaxsiy maʼlumotlaringizni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi, faqat sizga oldindan xabar berilgan va sizga maʼlum boʻlgan maqsadlarda ushbu maʼlumotlarning shunday tarzda oshkor qilinishiga siz oʻz roziligingizni bergan holatlar bundan mustasno.

Yutuqli oʻyinda ishtirok etish orqali siz oʻz Shaxsiy maʼlumotlaringizni xorijiy davlatlar hududiga, ushbu xorijiy davlat shaxsiy maʼlumotlarni qay darajada himoya qilishidan qatʼiy nazar, oʻtkazilishi mumkinligiga rozilik bildirasiz.

Kompaniya, uning Vakolatli shaxslari, shuningdek, uchinchi shaxslar Yutuqli oʻyin ishtirokchilarining Shaxsiy maʼlumotlarini yigʻadi va saqlaydi, yigʻilgan maʼlumotlardan esa, Kompaniya va uning Vakolatli shaxslari tomonidan oʻtkaziladigan kelgusi tadbirlar toʻgʻrisida xabar berish uchun foydalaniladi.


4. Avtomatik tarzda to’planadigan ma’lumotlar

Kompaniya tomonidan avtomatik ravishda olinadigan qoʻshimcha maʼlumotlar.

Baʼzi hollarda, siz Saytga ulanganingizda, Kompaniya avtomatik ravishda (yaʼni siz saytda roʻyxatdan oʻtmaganingizda) shaxsiy maʼlumotlar hisoblanmaydigan texnik maʼlumotlarni olishi mumkin. Bunday maʼlumotlarga sizning Internet-brauzeringiz turi, kompyuteringizdagi operatsion tizim turi va siz saytga oʻtishda foydalangan Internet saytining domen nomi kabi maʼlumotlar kiradi.


5. Avtomatik tarzda kompyuteringizga yuklanadigan ma’lumotlar, Cookies

Turli saytlarga kirganingizda Kompaniya baʼzi maʼlumotlarni sizning kompyuteringizga saqlashi mumkin. Ushbu maʼlumotlar Cookie-fayllar (siz tashrif buyurgan saytlardan kompyuteringizning qattiq diskiga yuboriladigan maʼlumotlarga ega kichik fayllar) shaklida yoki shunga oʻxshash boʻladi va ular turli vazifalarni hal qilishda foydali boʻlishi mumkin. Masalan, cookie-fayllar saytni sizning qiziqishlaringiz va afzalliklaringizga maksimal darajada mos qilib sozlashimizga yordam beradi. Koʻpchilik Internet-brauzerlar yordamida siz qattiq diskingizdan cookie-fayllarni oʻchirib tashlashingiz, ular saqlagan har qanday narsani bloklashingiz yoki ular saqlanib qolishi haqida bildirishnoma olishingiz mumkin. Ushbu funksiyalar haqida koʻproq maʼlumot olish uchun iltimos, Internet-brauzeringizdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani yoki unda oʻrnatilgan qoʻllanmani oʻqib chiqing.


6. Qayta aloqa

Shaxsiy maʼlumotlarning himoya qilinishi bilan bogʻliq har qanday savollar, sharhlar va shikoyatlarni, shuningdek Shaxsiy maʼlumotlar boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish, aniqlashtirish haqidagi bildirishnomalarni, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilikni bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni siz quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bektemir tumani, Oltintopgan koʻchasi 40-uy.