UZ Summer Promo

Veb-sayt
maxfiylik
siyosati

1. Umumiy qoidalar

The Coca-Cola Company (“Kompaniya”) kompaniyasi Internet-saytlariga ("Saytlar") tashrif buyuruvchilardan olingan shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan maxfiylik siyosatiga amal qiladi. Ushbu Maxfiylik siyosati kompaniyaning veb-saytlar orqali, shu jumladan sayti orqali qanday shaxsiy ma'lumotlarni olishi mumkinligini va kompaniya tashrif buyuruvchilarning shaxsiy ma'lumotlaridan qanday foydalanishi mumkinligini belgilaydi.

2. Shaxsiy ma’lumotlar

Kompaniya O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan shaxsiy ma'lumotlarga taalluqli deb belgilagan ma’lumotlarni, shu jumladan, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yil, oy, kun va joyi, jinsi, millati, manzili, oilaviy ahvoli, telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqa ma'lumotlarni ("Shaxsiy ma'lumotlar") Kompaniyaga tegishli Saytlar orqali to'plash niyati mavjud emas, shaxsiy ma'lumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishingiz bundan mustasno. Agar Shaxsiy ma'lumotlaringiz ishlatilishini xohlamasangiz, iltimos, ushbu ma’lumotlarni bermang.

3. Shaxsiy ma'lumotlarni ishlatish

Shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish orqali, shu jumladan, "O'zbekistonda Yozgi Promo-aksiyasi 2020" promo-aksiyasiga ro'yxatdan o'tish orqali (bundan buyon matnda - "Promo-aksiya"), siz Kompaniya, uning sho`’ba tashkilotlari va O’zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli bottleri (bundan buyon matnda birgalikda "Affillangan shaxslar" deb ataladi), shuningdek, Kompaniya va uning Affillangan shaxslari uchun ma'lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan uchinchi shaxslarga va Promo-aksiya bilan bog'liq xizmatlarni taqdim etadigan uchinchi shaxslarga Shaxsiy ma'lumotlaringizni quyidagi tarzda yig’ish, ishlov berish va uzatishga ruxsat berasiz.

Kompaniya va uning Affillangan shaxslari va uchinchi shaxslar Ishtirokchining Shaxsiy ma'lumotlarini yig’ish, saqlash, tasniflash, to’g’irlash, o'zgartirish, foydalanish, egasizlantirish, O’zbekiston Respublikasi yoki chet el rezidentlari uchinchi shaxslarga uzatish orqali, Promo-aksiya uchun bloklash, shu jumladan g'oliblarni tanlash va g'oliblarni va boshqa ishtirokchilarni yutuq haqida xabardor qilish yoki tadbirlar haqida sizni xabardor qilish, takliflaringiz va shikoyatlaringizni ro'yxatga olish, siz uchun yaxshi xizmat standartlarini o’rnatish, savdo va biznes strategiyalarini aniqlash va amalga oshirish va sizga tadqiqot, axborot, marketing va yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda, imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etish maqsadida ishlatishi mumkin.

Kompaniya Shaxsiy ma'lumotlarni hech qanday uchinchi shaxslarga oshkor etish, siz bu haqda oldindan xabardor qilingan va siz ushbu oshkoralik maqsadi haqida xabardor bo’lib o’z roziligingizni bergan hollar bundan mustasno.

Promo-aksiyada ishtirok etish orqali, siz xorijiy davlat tomonidan taqdim etiladigan Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish darajasidan qat'i nazar, sizning Shaxsiy ma'lumotlaringiz xorijiy davlatlar hududiga o'tkazilishi mumkinligiga rozilik bildirasiz

Kompaniya, Affillangan shaxslar, shuningdek, uchinchi shaxslar Promo-aksiya ishtirokchilarining Shaxsiy ma'lumotlarini to’playdi va saqlaydi, yig'ilgan ma'lumotlar Kompaniya va uning Affillangan shaxslarining keyingi tadbirlari haqida xabardor qilish uchun ishlatiladi.

4. Avtomatik tarzda to’planadigan ma’lumotlar

Kompaniya tomonidan avtomatik tarzda to’planadigan ma’lumotlar.

Ba'zi hollarda, siz saytga ulanganingizda, Kompaniya avtomatik ravishda (ya'ni saytda ro'yxatdan o’tmagan holda) shaxsiy ma'lumot bo'lmagan texnik ma'lumotlarni olishi mumkin. Ushbu texnik ma'lumot internet-brauzeringizning turini, operatsion tizimining turini va Saytga kirish uchun ishlatilgan vebsayt domen nomini o'z ichiga oladi.

5. Avtomatik tarzda kompyuteringizga yuklanadigan ma’lumotlar, Cookies

Turli saytlarga tashrif buyurganingizda, Kompaniya sizning kompyuteringizga ba'zi ma'lumotlarni yuborishi mumkin. Ushbu ma'lumot Cookies (siz tashrif buyurgan saytlardan kompyuteringizga yuborilgan ma'lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllar) yoki shunga o'xshash shaklga ega bo'ladi va turli vazifalarni bajarishda foydali bo'lishi mumkin. Masalan, cookies saytni sizning manfaatlaringiz va ehtiyojlaringizga imkon qadar mos keladigan tarzda sozlashimizga yordam beradi. Aksariyat Internet-brauzerlar yordamida siz cookiesni kompyuteringizdan ochirib tashlashingiz, ularni ishlatilinishini bloklashingiz mumkin yoki ular saqlanligi haqida xabar olishingiz mumkin. Iltimos, ushbu funktsiyalar haqida ko'proq ma’lumot olish uchun Internet brauzeringiz yoki unga o'rnatilgan ma’lumotnomadan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarga murojaat qiling.

6. Qayta aloqa

Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bilan bog'liq har qanday savol, izox va shikoyatlar, shuningdek, o'zgartirishlar kiritish haqida xabarlar, Shaxsiy ma'lumotlarni aniqlashtirish, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish to'g'risidagi xabarnomalarni quyidagi telefon raqamiga: (998) 78 120 50 90; (998) 78 120 50 91.