Shaxsiy ma'lumotlar shartnomasi.




"Coca-Cola bilan oʻz ritmingni kashf et" Promo-aksiyasiga ro'yxatdan o'tish orqali siz Tashkilotchi va "The Coca-Cola Company" kompaniyasiga, uning sho`’ba tashkilotlariga va boshqa affillangan shaxslariga (bundan buyon birgalikda “Affillangan shaxslar” deb ataladi), shuningdek Tashkilotchi va “The Coca-Cola Company” kompaniyasi va Affillangan shaxslar uchun ma'lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan uchinchi shaxslarga va "Coca-Cola bilan oʻz ritmingni kashf et" Promo-aksiyasi bilan bog'liq xizmatlarni taqdim etuvchi uchinchi shaxslarga sizning Shaxsiy ma'lumotlaringizni quyidagi tarzda yig’ish, ishlov berish va uzatishga ruxsat berasiz.


Tashkilotchi va "The Coca-Cola Company" kompaniyasi va uning Affillangan shaxslari va uchinchi shaxslar Ishtirokchining Shaxsiy ma'lumotlarini yig’ish, saqlash, tasniflash, to’g’irlash, o'zgartirish, foydalanish, egasizlantirish, O’zbekiston Respublikasi yoki chet el rezidentlari bo’lgan uchinchi shaxslarga uzatish orqali, "Coca-Cola bilan oʻz ritmingni kashf et" Promo-aksiyasi uchun bloklash, shu jumladan, g'oliblarni tanlash va g'oliblarni va boshqa Promo-aksiya ishtirokchilarni yutuq haqida xabardor qilish yoki tadbirlar haqida sizni xabardor qilish, takliflaringiz va shikoyatlaringizni ro'yxatga olish, siz uchun yaxshi xizmat standartlarini o’rnatish, savdo va biznes strategiyalarini aniqlash va amalga oshirish va sizga tadqiqot, axborot, marketing va, yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda, imkoniyatlar va xizmatlarni taqdim etish maqsadida ishlatishi mumkin.